BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING METODIK-TASHKILIY ASOSLARI
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog`lom va yetuk qilib maktabga tayyorlash maqsadini ko`zlaydi. Ta’lim-tarbiya qancha erta boshlansa, uning samarasi shuncha erta namoyon bo`ladi, shuningdek, insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar qamrovini kengaytirish, muassasalarni obodonlashtirish, ularning kirish qismidan tortib, yo`laklari, hattoki ekilgan gul, daraxtlari, guruh xonasidagi har bir jihoz bolani rivojlantirish uchun yo`naltirilganiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi tezkor davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlash, fikrini erkin ifodalashga o`rgatuvchi muhit yaratish, albatta, muassasaning samarali boshqaruviga bevosita aloqador. Shunday ekan, quyidagi zamonaviy usullarni rahbarlik faoliyatiga omuxtalash lozim. Har bir ishni amalga oshirish uchun samarali boshqaruvning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
Istiqbol
Istiqbol rejasi tuzilib, mas’ullar tayinlanadi. Reja asosida har bir xodim
ishtiyoq bilan ishlashga da’vat etiladi. Rahbarning istiqboli:
– ijodiy hamfikrlar jamoasini tashkil etish;
– jamoada qulay ruhiy-psixologik sharoit yaratish;
– unikal (nodir) muassasa tashkil etish;
– kasbiy mahoratni takomillashtirish yo`lida intellektual va amaliy bazani yaratish (kutubxona, seminar, treninglar).
Maqsadni amalga oshirishda, avvalo, optimal ijrochi, yordamchi va mas’ullarni aniqlab olish lozim. Shuningdek, muassasada sog`lom psixologik muhit yaratish, ishning samaradorligini oshirish uchun rag`batlantirish ham katta ahamiyat kasb etadi. Shu o`rinda B.T. Vashingtonning quyidagi fikrlarini esga olish joiz, “Aminmanki, har bir insonning hayoti doimiy va kutilmagan rag`batlar bilan to`la bo`lishi kerak va ular bu insonni har kuni eng yuqori darajada turishga da’vat etadi”.
Jamoa a’zolari uchun rag`batlantirish:
– rahbar va kasbdoshlarning ma’qullashi;
– bolajon va ota-onalar tashakkurlari;
– mukofot (pul, teatrga, kontsertga chipta, sayohatga yo`llanma bo`lishi mumkin);
– kasbiy mahoratning omma o`rtasida tan olinishi va kasbdoshlari ko`rsatgan hurmat.
Zero, rag`batlantirish – boshqaruvning kuchli qurolidir.

O`ylab muomala qilish – san’at
Kuch bilan hech qanday natijaga erishib bo`lmaydigan hollarda ham takt (o`ylab muomala qilish) yordamida muvaffaqiyatga erishish mumkin. D. Lebbok
Tashakkur izhor qilish ham boshqaruvning nozik va sezilarli komponenti (qismi)dir. Maktabgacha ta’lim muassasalarining boshqaruvida takt deganda, faqatgina hamkasblar, tarbiyalanuvchilar, ota-onalar bilan bo`lgan yumshoq muomala ko`zda tutilmaydi, balki:
– tinglay olish va yuzaga kelgan muammoni muhokama qilish;
– tadbir o`tkazganda, (zarur hollarda) ko`mak berish;
– hamkasblarning muvaffaqiyatli harakatlarini ma’qullash;
– hamkasblari, bolalari, oilalari haqidagi axborotni sir saqlash (bola salomatligiga tahdid solmaganda);
– hamkasblar, bolajonlar, ota-onalar oldida ovozni baland ko`tarish, baqirish mumkin emas;
– maqtov va taqdirlash omma ichida, tanbeh esa yolg`iz bo`lganda berilishi kerak.

Javobgarlik
Kurashda yaxshi maslahat bergan odam emas, uni bajarish javobgarligini o`ziga olgan va bajarishga buyruq bergan yutadi.
Napoleon
Xodimlar javobgarligi quyidagilarda ifodalanadi:
– MTM obro`sini yaratish va mustahkamlash;
– kasb mahoratiga ega xodimlarni tanlash;
– ota-ona bilan ijodiy muloqot o`rnatish;
– bolajonlar faoliyatini kuzatish, o`rganish, tahlil qilish;
– yuzaga kelgan muammolarni jamoada hal qilish;
– javobgarlikni optimal taqsimlash, o`zaro fikr almashish;
– MTMga turli yo`nalishdagi mutaxassislarni taklif etish;
– ota-onalar va tarbiyachilar uchun jamoani jipslashtiradigan, bolalar ta’lim va tarbiyasiga yordam beradigan tadbirlarni tashkil etish;
– MTM va har bir xodim faoliyatini tahlil qilish, kasbiy bilimlarini aniqlash.

Xatolarni tan olish va tuzata bilish
Xato qilmaslik uchun tajriba orttirish kerak, tajriba orttirish uchun xato qilish kerak.
L. Piter
Har bir ishni chin dildan qilganda ham ba’zan xatoga yo`l qo`yish mumkin. Lekin MTM xodimlari, shifokor, o`qituvchi kabi kasb egalari xato qilishga haqi yo`q, deb hisoblangani uchun bu xatolarni oldindan bilishi, tahlil qilishi va o`z vaqtida tuzatishi kerak.

Muloqot – jonli ishtirok
Men doim kuzatuvchi rolini yomon ko`rganman. Menga nima, agar o`zim qatnashmasam? Bor bo`lishim uchun ishtirok etishim shart.
A. De Sent-Ekzyuperi
Jonli muloqot har bir insonga kerak. Tarbiyachiga esa ikki barobar zarurdir.
Tarbiyachilarga ta’lim olishlari uchun yordam berish zarur. Jamoadagi ishonchli munosabatlar – qulay psixologik muhit va xodimlarining o`zaro ahilliklarini ham ta’minlaydi. Jonli muloqot quyidagilarni ko`zda tutadi:
– tez va konstruktiv yordam;
– xodimlarning kasbiy faoliyatini optimallashtirish bo`yicha takliflar;
– jamoani doimiy takomillashtirish va yangi ta’lim dasturlarini tuzish;
– xodimlar bilan kundalik muloqot, korporativ tadbirlar o`tkazish.

Konstruktiv tanqid
Tanqid faqat shu holda meva beradiki, u hukm chiqarib turib, yomon bo`lgan narsa qanday bo`lishi kerakligini ko`rsata olsa.
L. Tolstoy
Konstruktiv tanqid – muvaffaqiyatli boshqaruvning ajralmas qismidir. Xodimlarning xatoga yo`l qo`yish ehtimolini ko`zda tutib, kelgusida bunga yo`l qo`ymaslik uchun yumshoqlik bilan xatoni ko`rsatib uni to`g`rilash yo`llarini taklif qilish kerak.
Xulosa qilib aytish mumkinki, maktabgacha ta’lim muassasalarini boshqarishning yangi zamonaviy usullaridan unumli foydalanib, topshiriqlar ijrosining muntazam nazorati natijasida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning sifat va samaradorligi oshib boradi.

Muxtasarxon ABDULLAYEVA,
Andijon viloyati XTXQTUMOI rektori,
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Andijon viloyati XTXQTUMOI rektori,
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Comments
Post a Comment