Posts

Antuan de Sent-Ekzyuperining tarbiyachilarga maslahati

Image
Men tarbiyachilarni huzurimga chaqirib, ularga qarata dedim: –    Sizlarning vazifangiz murg‘ak qalblardagi insonni poymol etib, faqatgina o‘z inida yashash­ga moslashgan qumursqalarga aylantirish emas. Chunki inson miyasi ma’lumotlar bilan qay darajada to‘ldirilgani men uchun muhim emas. Eng muhimi – insonning inson bo‘lishi. Men inson saodati haqida so‘roqlamayman, balki qanday odam baxtli bo‘lishi bilan qiziqaman. O‘troq qabilalarning to‘kin-sochinlikda yashash-yashamasligi ham meni qiziqtirmaydi. Sizlar insonlarni mohiyati quruq bo‘shliqdan iborat formulalar bilan emas, balki har qanday sxemalar o‘rnini bosuvchi obraz bilan to‘yintirmog‘ingiz darkor. Sizlar tarbiyalanuvchilarning u yoki bu mash­g‘ulotga bo‘lgan layoqatiga qarab hukm chiqarmang. Chunki layoqatidan qat’i nazar, tinimsiz mehnat qilgan inson boshqalardan ko‘ra oldinlab ketadi va ko‘proq yutuqqa erishadi. Doimo muhabbatni asosiy mezon qilib oling. Sizlar o‘z shogirdlaringizda ko‘nikma hosil qilish ustida emas, bal

Bolalar o'yinlari turlari

Image
Maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlari o’zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. O’yinlar o’z mazmuni va tashkil etilishi, bolalarga ta’sir ko’rsatish darajasi, vositalarning turlari hamda kelib chiqishiga ko’ra xilma-xildir. Professor Y.A. Arkin maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlarini quyidagicha tasniflagan: 1. Bolalardagi ruhiy jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan o’yinlar: – harakatli; – intellektual; – estetik. 2. Texnikaviy o’yinlar: – san`at o’yinlari; – qishloq xo’jaligi o’yinlari; – kasb bilan bog’liq o`yinlar; – qurilish o’yinlari. 3. Hayotiy-ijtimoiy o’yinlar: – oila hayotiga doir; – bog’cha, maktab; – ijtimoiy hayot bilan bog’liq; – ijtimoiy-siyosiy o’yinlar; 4. Harbiy o’yinlar: – “Askar-askar” o’yini; – “Dengizchi (matroschi)” o’yini. 5. Dramalashtirilgan o’yinlar: – teatr; – kino; – sirk. Maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlarini D.B. Elkonin o’z navbatida quyidagicha tasniflagan: – maishiy mavzu syujetiga oid o’yinlar; – ishlab chiqarish syujetiga taallu

Bolalarda mayda qo‘l motorikasini rivojlantiruvchi mashqlar

Image
Italiyalik pedagog Mariya Montessori o‘zining pedagogik qarashlaridan kelib chiqib bolalarni aqliy jihatdan rivojlantirish, ularni his qilishga o‘rgatish kerakligini ta’kidlaydi. Bolalarda sensorika va motorikani rivojlantirish kichkintoylarda yozish, hisoblash ko‘nikmasini shakllantiradi. Montessori metodikasining asosiy mohiyati bolada mustaqil faoliyat orqali shaxsiy imkoniyatlarini namoyon qilishga sharoit yaratish va yordam berishdan iborat. Shuningdek, Montessori materiallari kichkintoylarda man­tiqiy tafakkurni rivojlantiradi. Bolada ichki kuchni rivojlantirish va uning shaxsiy sifatlarini shakllanishiga turtki beradi. Bundan tashqari bolada atrof-muhit to‘g‘risidagi tasavvurlar ham tizimga solinadi. Ta’lim jarayonida tarbiyachining diqqat markazida kichkintoyning individual va ijtimoiy-hissiy ehtiyojlarini qondirish nazarda tutili­shi lozim. Mashg‘ulot va o‘yinlar uchun tanlangan didaktik materiallar bolada motorika (harakat) va sensorika (sezgi)ni rivojlantirishga yo‘naltir

BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING METODIK-TASHKILIY ASOSLARI

Image
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog`lom va yetuk qilib maktabga tayyorlash maqsadini ko`zlaydi. Ta’lim-tarbiya qancha erta boshlansa, uning samarasi shuncha erta namoyon bo`ladi, shuningdek, insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar qamrovini kengaytirish, muassasalarni obodonlashtirish, ularning kirish qismidan tortib, yo`laklari, hattoki ekilgan gul, daraxtlari, guruh xonasidagi har bir jihoz bolani rivojlantirish uchun yo`naltirilganiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi tezkor davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlash, fikrini erkin ifodalashga o`rgatuvchi muhit yaratish, albatta, muassasaning samarali boshqaruviga bevosita aloqador. Shunday ekan, quyidagi zamonaviy usullarni rahbarlik faoliyatiga omuxtalash lozim. Har bir ishni amalga oshirish uchun samarali boshqaruvning quyidagi usullaridan foydalaniladi: Istiqbol Istiqbol rejasi tuzilib, mas’ullar tayinlanadi. Reja asosida har bir xodim ishtiyoq bilan

“MENING OILAM (MY FAMILY)” (Ingliz tilida mashg‘ulot ishlanmasi)

Mashg‘ulotning maqsadi: oilaga taalluqli so‘zlarni takrorlash va ularni nutqda qo‘llay olish ko‘nikmasini hosil qilish; bolalarda eshitish orqali so‘zlarni anglash (listening) malakasini oshirish; bolalarning ingliz tilidagi so‘z boyligini ko‘paytirib oshirib, nutqini rivojlantirish. Kerakli jihozlar: “Mening oilam” mavzusidagi rasmlar to‘plami va videorolik, “Rain, rain, go away” nomli musiqiy multfilm. Tarqatma material: mavzuga oid barmoq o‘yini hamda bo‘yash uchun rasmlar, rangli qalamlar, koptok. Yangi so‘zlar: What is your mother’s name? My mother’s name is… (daddy, mummy, grandpa, grandma, granny.) Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi: − Bolajonlar, bugun siz bilan “Mening oilam“ mavzusini takrorlaymiz. Hozir doskaga rasmlarni ilamiz, siz esa ularni inglizchada aytasiz. Tarbiyachi doskaga ota, ona, aka, singil, buvi, bobo, chaqaloq rasmlarini iladi, bolalar esa ularning inglizcha nomini aytadi (father, mother, brother, sister, grandmother, grandfather, baby). Tarbiyachi: − Baraka

MATEMATIKA BILAN TANISHAMIZ

Image
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni, belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilishi, ularning ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari, maktabgacha ta’lim mazmunining asosiy yo‘nalishlari maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan talablarda belgilab berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni yangi geometrik shakl va jismlar bilan tanishtirish bo‘yicha mashg‘ulotlar umumiy holatda quyidagicha amalga oshiriladi: 1. Shakllarni ko‘rish, tekshirish (tegib-ushlab ko‘rish va ko‘rish usullari bilan). 2.Geometrik shakllar xususiyat va belgilari haqidagi bilimlarni mustahkamlash bo‘yicha turli mashqlarni tashkil etish. 3. Shakl (jism)ni predmetlar tuzilishi bilan (va aksincha) taqqoslash. 4. Geometrik shakl (jism)lar nomini to‘g‘ri aytishni mashq qilish. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining yangi bilimlarni sifatli o‘zlashtirishga erishishi maxsus usulda tashkil etilgan shaxsiy faoliyati jarayonida sodir bo‘ladi. Bu makta