“MENING OILAM (MY FAMILY)” (Ingliz tilida mashg‘ulot ishlanmasi)
Mashg‘ulotning maqsadi: oilaga taalluqli so‘zlarni takrorlash va ularni nutqda qo‘llay olish ko‘nikmasini hosil qilish; bolalarda eshitish orqali so‘zlarni anglash (listening) malakasini oshirish; bolalarning ingliz tilidagi so‘z boyligini ko‘paytirib oshirib, nutqini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: “Mening oilam” mavzusidagi rasmlar to‘plami va videorolik, “Rain, rain, go away” nomli musiqiy multfilm.
Tarqatma material: mavzuga oid barmoq o‘yini hamda bo‘yash uchun rasmlar, rangli qalamlar, koptok.
Yangi so‘zlar: What is your mother’s name? My mother’s name is… (daddy, mummy, grandpa, grandma, granny.)
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: − Bolajonlar, bugun siz bilan “Mening oilam“ mavzusini takrorlaymiz. Hozir doskaga rasmlarni ilamiz, siz esa ularni inglizchada aytasiz.
Tarbiyachi doskaga ota, ona, aka, singil, buvi, bobo, chaqaloq rasmlarini iladi, bolalar esa ularning inglizcha nomini aytadi (father, mother, brother, sister, grandmother, grandfather, baby).
Tarbiyachi: − Barakalla, bolalar, bu so‘zlarning hammasi esingizda ekan. Yodingizda bo‘lsa, “to have” fe’li yordamida gap tuzishni o‘rgangan edik. Endi esa shu fe’lni qo‘llagan holda oilangiz haqida gapirib bersasiz.
Bolalar “I have a father, I have a mother… “ kabi so‘zlarni qo‘llab, o‘z oilasi haqida qisqa matn tuzadi.

Tarbiyachi: − Juda ham to‘g‘ri. Endi ota-onamiz ismlarini inglizchada aytishni o‘rganamiz. “Sening isming nima?” ingliz tilida qanday aytiladi?
Bolalar: − “What is your name?”
Tarbiyachi: − Bunga qanday javob beriladi?
Bolalar: − “My name is…”
Tarbiyachi: − Endi o‘ylab ko‘ring-chi, “What is your father’s name?” nima degani?
(Bolalarning javobi.)
Tarbiyachi: − “What is your mother’s name” degani-chi?
(Bolalarning javobi.)
Tarbiyachi: − Barakalla, bu savollarga qanday javob berish kerakligini bilasizmi? Bu juda ham oddiy: “My father’s name is…”, “My mother’s name is…” Qani, takrorlaymiz…
Tarbiyachi shu so‘zlarni mustahkamlash uchun ular ishtirokida bolalar bilan kichik suhbat o‘tkazadi.
Tarbiyachi: − Endi barmoq mashqini bajaramiz. Qani, oldingizdagi rasmlarni barmoqlaringizga kiygizing.
Har bir bola o‘zi xohlagan ketma-ketlikda “Mening oilam” mavzusidagi rasmli rezinkalarni barmoqlariga taqadi.
Tarbiyachi: − Birgalikda qo‘shiq kuylaymiz va siz kerakli rasmni menga ko‘rsatasiz.

Father finger, father finger,
Where are you?
Here I am, here I am,
How do you do?
Mother finger, mother finger,
Where are you?
Here I am, here I am,
How do you do?
Brother finger, brother finger,
Where are you?
Here I am, here I am,
How do you do?
Sister finger, sister finger,
Where are you?
Here I am, here I am,
How do you do?
Baby finger, baby finger,
Where are you?
Here I am, here I am,
How do you do?
Where are you?
Here I am, here I am,
How do you do?
Mother finger, mother finger,
Where are you?
Here I am, here I am,
How do you do?
Brother finger, brother finger,
Where are you?
Here I am, here I am,
How do you do?
Sister finger, sister finger,
Where are you?
Here I am, here I am,
How do you do?
Baby finger, baby finger,
Where are you?
Here I am, here I am,
How do you do?
Tarbiyachi: − Ayting-chi, bolalar, siz ota-onangizni qanday chaqirasiz?
(Bolalarning javobi.)
Tarbiyachi: − Ularni “oyijon”,” dadajon” deymiz. Ingliz tilida agar “father”, mother” desak “ota”, “ona” degan bo‘lamiz, “dadajon”− ingliz tilida “daddy”, “oyijon” esa “mummy” bo‘ladi. Qani, takrorlang-chi. Buvi va buvangiz sizni erkalab qanday chaqiradi?
(Bolalarnning javobi.)
Tarbiyachi: − Biz ham ularni “buvi, buva” emas, “buvijon”, “bobojon” deb chaqirsak, ular juda ham xursand bo‘ladi, to‘g‘rimi? Ingliz tilida ham shunday: “grandpa − bobojon”, ”grandma, granny − buvijon” degani.
(Bolalar takrorlashadi.)
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin:
“Bilag‘on tarjimon”
Tarbiyachi: − Keling, endi birgalikda “Bilag‘on tarjimon” o‘yinini o‘ynaymiz va siz jajji tarjimonlar bo‘lasiz. Men sizga inglizcha (o‘zbekcha) so‘z aytib, koptokni otaman, siz esa uni o‘zbekcha (inglizcha)ga tarjima qilib, to‘pni menga qaytarib otasiz.
(Tarbiyachi mavzuni mustahkamlash uchun yangi so‘zlarni inglizcha, o‘zbekchada bolalar bilan takrorlaydi.)
Tetiklashtiruvchi mashq
Bolalar oila haqidagi “Rain, rain, go away” nomli musiqiy multfilmni tomosha qilishadi va parallel ravishda qo‘shiqni kuylab, undagi jismoniy harakatlarni bajaradi.
Bolalar uchun amaliy ish
Kichkintoylarning stoli ustida “Mening oilam” mavzusida bo‘yash uchun mo‘ljallangan rasmlar turadi.
Tarbiyachi: − Bolajonlar, sizning bo‘yashingiz uchun ajoyib rasmlar tayyorladim. Qani, ularda kimlar tasvirlanganini ingliz tilida aytib bering-chi?
(Bolalarning javobi.)
Tarbiyachi: − Barakalla, endi ularni xohlagan rangga bo‘yang. Ko‘raylik-chi, kimning rasmi eng chiroyli chiqar ekan?
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Bugun biz qaysi mavzuda suhbatlashdik?
2.”Ota”, “ona” so‘zlari ingliz tilida nima deyiladi?
3. “Oyijon”, “dadajon” degani-chi?
4. “What is your brother’s name?” savoliga siz qanday javob berasiz?
5. Biz bugun qaysi o‘yinlarni o‘ynadik?
6. Qaysi biri sizga ko‘proq yoqdi?
7. Qaysi qo‘shiqni takror kuylashni xohlaysiz?
Tarbiyachi mashg‘ulot jarayonida bolalarni rag‘batlantirib boradi.
Muxlisaxon MUSAXODJAYEVA, Toshkent shahar Shayxontohur tumani 412-MTM tarbiyachisi

Comments
Post a Comment